"Inter"ning navbatdagi o'yini qoldirildi

Mirjalol Normatov
18 mar 2021
"Inter" matbuot xizmati himoyachi Stefan De Vrey hamda yarim himoyachi Matias Vesino koronavirusga chalinganini ma'lum qildi.

Oldinroq Samir Xandanovich hamda Danilo D’Ambrozio ham virus yuqtirib olganligi ma'lum qilingandi. Shu sababli "Inter"dagilar 21 mart kuniga qadar mashg'ulotlarni to'xtatdi. Futbolchilar terma jamoalariga jo'natilmaydi.

20 mart kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan A Seriya 28-turi doirasidagi "Inter" - "Sassuolo" bahsi esa boshqa kuni o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal