Yamal Jahon chempionati finalini o'tkazib yuboradimi?

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2026, 15:37
Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 finali arafasida xavotirli holatga duch keldi.

AS nashrining yozishicha, Lamin Yamal payshanba kuni Nyu-Jersida bo'lib o'tgan Ispaniya terma jamoasining umumiy mashg'ulotlarida ishtirok etmagan.

Vingyerda charchoq alomatlari kuzatilgan va u yarim final bahsida olgan zarbalari asoratini his qilgan. Shu sababli murabbiylar shtabi Jahon chempionatining hal qiluvchi o'yini oldidan uning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslikka qaror qilgan.

Hozirgi bosqichda jiddiy jarohat haqida rasmiy ma'lumot yo'q. 19 yoshli futbolchi final uchrashuviga qadar tayyor bo'lishi kutilmoqda, biroq tibbiy shtab uning holatini sinchkovlik bilan kuzatishda davom etadi.

Eslatib o'tamiz, mundialning hal qiluvchi bahsida Ispaniya terma jamoasi Argentinaga qarshi maydonga tushadi. Amaldagi jahon chempioni yarim finalda Angliya ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Ushbu katta to'qnashuv 20 iyulga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports