"Inter"ning 19 yoshli yangi futbolchisi: "PSJ va "Arsenal" menga qiziqish bildirishgan"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2017, 15:59
Yozgi transfer oynasida "Kann"dan "Inter"ga o'tgan hujumchi Yann Karamo unga "Arsenal" va PSJ qiziqish bildirgani haqida aytib berdi.

"Bu men uchun yangi chaqiruv, yangi futbol va o'z darajamni yaxshilashga umid qilaman. Jamoaga keldim va bu yerda menga ishonishlari muhim. Xizmatlariga PSJ qiziqish bildirdi, "Arsenal" esa mening agentlarim bilan bog'landi. "Monako" va "Lion" tomonidan ham qiziqish bo'ldi, ammo bu klubga o'tishga qaror qildim.

Italiya futboli men uchun yangilik, ammo ko'nikib ketishga umid qilaman. Meni kim ilhomlantiradi? Ko'plab futbolchilar bor. Masalan, Neymar yoki Kuarejma, hamda Dibala" - deydi Karamo.

"Inter" fransiyalik futbolchi uchun 5,5 mln. evro to'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Premium Sport