Internetda Ronaldu Evro-2016dagi g'alabadan so'ng kiyinish xonasidagi nutqi videosi paydo bo'ldi (video)

Aslanov Jasurbek
19 noya 2016, 11:35
Portugaliya terma jamoasining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida hujumchi Krishtianu Ronalduning Evro-2016dagi g'alabadan so'ng aytgan nutqi tushirilgan video e'lon qilindi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu finalda jarohat tufayli almashtirilgan edi.

"Birinchidan, murabbiy Fernandu Santushga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Murabbiysiz hech narsaga erisha olmagan bo'lardik. Ikkinchidan, barcha futbolchilarni va jamoaning boshqa a'zolarini tabriklayman.

Hech kim Portugaliyaga ishonmagandi, ammo biz buni uddaladik. Hammamiz. Juda xursandman, bugun hayotimdagi eng baxtli kunlardan biri. Men shaxsiy sovrinlar , Chempionlar ligasi haqida unutdim. Uch yoki to'rt marotaba yig'ladim. Akam menga, tinchlanishimni aytdi, ammo bunday bo'lmadi.

Bu haqiqat, buni chin qalbimdan aytyapman. O'g'lim hayotim bilan qasam ichaman, men juda-juda baxtliman. Buni 100 marotaba takrorlagan bo'lardim. Biz bunga munosibmiz va Portugaliya tarixiga kirdik" - deydi Ronaldu.

TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia