"Inter"ga "Arsenal" posboni kerak

Mirjalol Normatov
3 sen 2021, 22:54
"Arsenal" yozgi transferlar oynasi vaqtida futbolchilarini sotib yubora olmadi.

Shunday futbolchilardan biri Bernd Leno bo'lib turibdi. Uning o'rniga Aaron Remsdeyl xarid qilingan. Shu boisdan qishda u "kanonirlar"ni tark etishi kutilmoqda. Unga ayni damda "Inter" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Klub 37 yoshli Samir Xandanovichning o'rniga munosib posbon izlamoqda.

Qayd etish kerak, Lenoning transfer summasi 22 million evroga teng bo'lib turibdi. O'tgan mavsumda u 35 o'yinda qatnashib, 37 gol qo'yib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport