"Inter" "Yuventus" yarim himoyachisini tekinga qo'lga kiritmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
1 fev 2024, 18:31
"Yuventus"ning fransiyalik yarim himoyachisi Adrien Rabo faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin.

Milan klubi yozda fransiyalik futbolchini "Yuventus" bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Bu mavsum Rabo Turin klubi safida 19 o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma etkazib berdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Calcio Mercato