"Inter" yozda yarim himoyachi Aleksis Sanches bilan xayrlashadi

Alisher
25 mar 2022, 16:53
"Inter" yarim himoyachisi Aleksis Sanches yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, klub ortiq futbolchining xizmatlariga qiziqmayapti, shu sabab shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydigan Sanches bilan xayrlashishga tayyor.

33 yoshli xavbek 2019 yilning yozidan beri "Inter" tarkibida o'ynaydi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira