"Inter" va "Milan" Bernardeskiga qiziqmoqda. O'yinchi yiliga 4,5 mln evro maosh olmoqchi

Alisher
17 fev 2022, 18:25
"Yuventus" yarim himoyachi Federiko Bernardeski bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti.

Vaziyatni "Inter" va "Milan" kuzatmoqda. Ammo, klublarni 28 yoshli o'yinchining moliyaviy so'roqlari o'yga toldirmoqda, u yiliga 4,5 mln evro olmoqchi.

Qayd etish kerakki, "Yuve" vingerga bir mavsum uchun 3 million evro taklif qilmoqda. Bernardeskining Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

U joriy mavsum barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport