“Inter” uzoq tanaffusdan so'ng Turinda “Yuve”ni engdi

Eldor Akmurzayev
4 apr 2022, 09:10
Italiya chempionati 31-turida “Inter” safarda “Yuventus”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

“Neradzurrilar” 2012 yildan beri ilk bor Turinda “Yuve” ustidan g'alabani qo'lga kiritishga erishdi. A Seriya doirasida o'tgan o'sha uchrashuvda “Inter” 3:1 natijasi bilan zafar quchgan.

Milanliklar ushbu muvaffaqiyatdan keyin ochkolari sonini 63 taga etkazib, musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com