

"Inter" jamoasi "Udineze"ga qarshi uchrashuvda "Tranformerlar" logotipi tushirilgan futbolkalarda maydonga tushadi. "Inter"ning bosh titul homiysi bo'lgan Paramount+ kino platforasi ushbu uchrashuvda o'zining ananaviy logotipini o'zgartirishga qaror qilgan. Bunga sabab, 8 dekabr kunidan boshlab Paramount+ platformasida "Tranformerlar" filmining yangi qismi namoyish qilinadi.
"Inter" klubi shu turdagi futbolkalarni ma'lum hajmda sotuvga chiqaradi. Futbolkalarning bir qismi esa Milan shahridagi shifoxonaning pediatriya bo'limidagi bolalarga taqdim qilinadi.




