"Inter" "Udineze"ga qarshi uchrashuvda "Transformerlar" logotipi tushirilgan futbolkalarda o'ynaydi

Administrator
6 dek 2023, 22:10
Jamoa homiyi bu uchrashuvda odatiy logotipni o'zgartirishga qaror qilgan.

"Inter" jamoasi "Udineze"ga qarshi uchrashuvda "Tranformerlar" logotipi tushirilgan futbolkalarda maydonga tushadi. "Inter"ning bosh titul homiysi bo'lgan Paramount+ kino platforasi ushbu uchrashuvda o'zining ananaviy logotipini o'zgartirishga qaror qilgan. Bunga sabab, 8 dekabr kunidan boshlab Paramount+ platformasida "Tranformerlar" filmining yangi qismi namoyish qilinadi.

"Inter" klubi shu turdagi futbolkalarni ma'lum hajmda sotuvga chiqaradi. Futbolkalarning bir qismi esa Milan shahridagi shifoxonaning pediatriya bo'limidagi bolalarga taqdim qilinadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: inter.it