"Inter" tez orada Jiru bilan muzokaralar o'tkazmoqchi

Alisher
12 yanv 2021, 14:50
"Chelsi" forvardi Olive Jiru yaqin vaqtlarda "Inter" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

"Neradzurrilar" kelasi haftada 34 yoshli fransiyalik futbolchi bilan muzokaralar o'tkazishni rejalashtirishmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Jiruga shuningdek "Milan" va "Borussiya" (Dortmund) klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

Forvard joriy mavsum "ko'klar" tarkibida APL doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky In Italy