Inter o'z rekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
25 okt 2017
Inter Italiya A seriyasi 10-turida Sampdoriyani mag'lub etdi (3:2).

10ta o'yindan so'ng Luchano Spalletti jamoasi 26 ochko to'pladi. Jamoa 8ta g'alaba va 2ta durang qayd etdi.

Inter dastlabki 10ta turdagi ochkolar bo'yicha o'z rekordini takrorladi. Neradzurrilar 1997/98 yilgi mavsumda ham 10ta o'yinda 26 ochko to'plashgandi.

O'sha yil Inter yakunda 69 ochko bilan ikkinchi bo'lgandi. O'sha mavsum Yuventus (74 ochko) chempionlikka erishgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe