“Inter” Mozes bo'yicha bir qarorga keldi

21 may 2020, 08:52
Viktor London klubiga qaytadigan bo'ldi.

Milanning “Inter” klubi “Chelsi”dan ijaraga olingan Viktor Mozesni sotib olmaydigan bo'ldi.

Milanliklar London klubi talab qilayotgan 12 mln evroni to'lay olmasligini bildirgan. Aslida “Inter” Mozes transferi bo'yicha “Chelsi”ning chegirma berishini kutgandi, biroq “aristokratlar” narxni tushirishni istamadi.

Mozes “Inter”ga 2020 yil qishida kelgandi. Uning ijarasi 2019/20 yilgi mavsum so'ngida yakuniga etadi. Futbolchi “Inter” safida 7 ta o'yinda qatnashib, 1 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia