"Inter" Lukakuning o'rniga nomzod topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2023, 11:11
Romelu Lukaku rad qilinganidan so'ng "Inter" bir qancha forvardlarga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, milanliklar ro'yxatidan Alvaro Morata ("Atletiko"), Mehdi Taremi ("Portu"), Mbala Nzola ("Speciya") va Folarin Balogun ("Arsenal") kabi futbolchilar o'rin olgan. Ammo asosiy maqsad "Arsenal" futbolchisi bo'lib turibdi.

Bunga uning hali yosh (22 yosh) ekanligi hamda potencialining yuqoriligi sabab bo'lmoqda. U o'tgan mavsum "Reyms"da ijarada o'ynab, Fransiya chempionatida 21 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GianlucaDiMarzio