"Inter" Korreaning jarohati sabab "Jenoa"dan Kaysedoni ijaraga olmoqchi

Alisher
22 yanv 2022, 14:11
"Jenoa" forvardi Felipe Kaysedo qishki transfer oynasining so'nggiga qadar "Inter"ga o'tishi mumkin.

Milan klubi 33 yoshli ekvadorlikni jarohati sabab bir oydan ko'p muddatga safdan chiqqan Xoakin Korreaning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda va uni mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi.

"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi Kaysedo bilan "Lacio"dagi faoliyati sabab yaxshi tanish.

Futbolchi A Seriya doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it