"Inter" Konteni taklif qilib, unga tarkibni yangilash uchun 400 mln. evro ajratmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2017, 17:43
"Inter"ning xitoylik sohiblari "Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Kontega qiziqib qolishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Inter" italiyalik mutaxassisga maoshi 15 mln. evro bo'lgan 4 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

Bundan tashqari, klub rahbariyati Konte jamoaga o'tishga rozi bo'lsa, tarkibni yangilash uchun unga 400 mln. evro ajratmoqchi.

Milanliklarning hozirgi ustozi Stefano Pioli mavsum o'rtasida Frank de Bur o'rnini egalladi.

A Seriya turnir jadvali bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia