"Inter" himoyachisi yil oxirigacha safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
9 noya 2023
"Inter" himoyachisi Benjamen Pavar Italiya chempionati 11-turi doirasidagi "Atalanta”ga qarshi o'yinda (2:1) jiddiy shikastlandi.

Futbolchi bu yil boshqa maydonga tushmasligi ehtimoli yuqori.

Fransiyalik futbolchining tizza bo'g'imi jarohatlandi. Katta ehtimol bilan u yanvar oyida maydonga qaytadi, deb xabar bermoqda "RMC Sport". 

Pavar o'tgan yozda "Bavariya"dan "Inter"ga o'tgan edi. Transfer summasi 30 million evroni tashkil qilgan. 27 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 ta o'yin o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport