"Inter" "Chelsi"ning ikki o'yinchisini kuzatmoqda

Alisher
2 iyul 2020, 16:22
Milanliklarga "aristokratlar" futbolchilari kerak.

"Inter" "Chelsi"ning ikki futbolchisi - Markos Alonso va Emerson Palmerilar bilan transferlar oynasida shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rganmoqda.

Xabarlarga ko'ra, londonliklar boshqa ijrochilarni sotib olishlari sabab, bu futbolchilarni ma'lum bir miqdordagi pulga sotib yuborishga tayyorlar.

Oldinroq, "neradzurrilar" Emerson uchun 30 million evro talab qilayotgan "Yuventus" bilan raqobatga kirishishi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport