"Inter" "Bavariya" futbolchisini A Seriyaga qaytarmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
5 okt 2017, 17:52
"Inter" murabbiylar shtabi "Bavariya" futbolchisi Arturo Vidalni jamoa tarkibiga qo'shib olishni istamoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, chililik futbolchi milanliklar safiga borib qo'shilish uchun og'zaki tarzda rozilik bergan. Lekin, italyan va nemis klublari o'rtasida rasmiy muzokaralar bo'lib o'tmagan.

Eslatib o'tamiz, o'z vaqtida Vidal A Seriyada o'ynagan. U "Bavariya"ga o'tgunga qadar 2011-2015 yillar davomida "Yuventus"da o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Corriere dello Sport