"Inter" "Atalanta" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
27 mar 2021, 18:47
"Atalanta" forvardi Luis Muriel faoliyatini boshqa bir italyan klubida davom ettirishi mumkin.

29 yoshli kolumbiyalik futbolchi bilan "neradzurrilar" shartnoma imzolashmoqchi. "Inter" transferni yozgi transfer oynasida amalga oshirmoqchi.

Murielning bergamoliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. O'yinchining narxi 25-30 million evroni tashkil etadi.

Hujumchi joriy mavsum Italiya A Seriyasi doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport