"Inter" Alaba uchun kurashga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
8 may 2020, 00:25
Avstriyalik futbolchi Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin.

"Inter" rahbariyati "Bavariya" qanot himoyachisi David Alabani sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, avstriyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilda yakuniga etadi va tomonlar kelishuvni uzaytirish niyatida emas. Shu sababli myunxenliklar futbolchini sotishga majbur bo'lishi kutilmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Alaba atrofidagi vaziyatni "Inter"dan tashqari, ingliz klublari, "Barselona" va "Real Madrid" faol ravishda kuzatmoqdalar.

Ushbu mavsumda futbolchi Bavariya libosida 28 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport1