Insayder: Gattuzo "Valensiya" bilan shartnoma imzoladi

Alisher
3 iyun 2022, 16:53
Italiyalik faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 44 yoshli Jennaro Gattuzo "Valensiya" bilan bitim imzoladi.

Klub va mutaxassis bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi.

Eslatib o'tamiz, "Valensiya"ning hozirgi bosh murabbiyi Xose Bordalas hisoblanadi. Jamoa uning qo'l ostida Ispaniya Kubogi finaliga chiqdi, shuningdek La Liganing o'tgan mavsumida 38ta o'yinda 48 ochko jamg'argan holda 9-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano