Ingliz grandlari Diego Godin uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
13 apr 2020, 00:46
"Inter" himoyachisi Godin yozda Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.

O'tgan yozda erkin agent sifatida "Atletiko"dan "Inter"ga  o'tgan Diego Godin jamoada o'zini noqulay his qilmoqda va Italiyani tark etish arafasida.

34 yoshli himoyachi Antonio Konte jamoasining uch himoyachidan iborat taktikasiga to'g'ri kelmayapti va yosh o'yinchi Alessandro Bastoniga raqobatda yutqazyapti.

Uning "Inter" bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2022 yil 30 iyungacha amal qiladi. Hozircha rasmiy murojaat kelib tushmagan, biroq, "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" urugvaylik o'yinchiga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar mavjud. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia