

"Biz o'zimizdan ko'p narsani talab qilamiz. Doimo shunday. Har safar bu erga kelganimizda muxlislarda yorqin taassurortlar qoldirishni istaymiz. Yana bir sovrin yutishni istaymiz.
Bizni barcha favorit hisoblashini bilamiz. Lekin, bu bizni faqatgina mas'uliyatliroq bo'lishga undaydi.
Agar yutsak yangi tizimdagi klublar o'rtasidagi JCHda 3 marta g'olib bo'lgan ilk jamoa bo'lamiz", - deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" bugun finalga chiqish uchun Xitoyning "Guanchjoy Evergland" jamoasi bilan kuch sinashadi. Agar bugun Kataloniyaliklar g'alaba qozonadigan bo'lsalar finalda "River Pleyt" bilan to'qnash keladilar.



