Inesta: "Biror kun "Barselona"ga qaytaman"

Mirjalol Normatov
11 okt 2022, 00:35
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta "Barselona"ga qaytish istagi borligini ma'lum qildi.

"Yaponiyada yana bir mavsum o'tkazaman, keyin esa ko'ramiz. Jonim bilan "Barselona"ga qaytgan bo'lardim, u er mening uyim. Balki murabbiy, balki, sport direktori yoki shunga o'xshash joyni egallayman. Nima bo'lganda ham u yerda to'xtab qolmaslikni istayman. Ammo hozircha o'zimni futbolchi sifatida ko'ryapman", - dedi futbolchi.

Inesta "Barselona" tarkibida 16 yil davomida faoliyat olib bordi va 442 o'yinda qatnashib, 35 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal