Indzagi 4:3 hisobidagi g'alabadan keyin: "Raqobatchilarga yetib olish kerak"

Mirjalol Normatov
23 okt 2022, 10:35
"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi chempionatning 11-turi doirasidagi "Fiorentina"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"O'zgacha davrdan o'tdik, 22 kunda 6 o'yin o'tkazdik. Bizga muhim futbolchilar yetishmayapti. Ammo xotirjamlikni saqlab qolishga harakat qildim, zero "Inter" va "Lacio" kabi klublarda doimo tanqidlar yomg'iri bo'lib turadi. Lekin men xotirjamman, hali hech nimani amalga oshirganimiz yo'q.

Asosiy qadamni chorshanba kuni tashlash kerak, shundan keyin tiklanishga vaqt bo'ladi. Umid qilamanki kimlardir safga qaytadi. Hozir YCHLdagi ochko ham juda muhim. A Seriyada barcha raqobatchilarimizni o'tkazib yubordik, endi ularga yetib olish kerak", - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal