Incheon-2014. Boks. Madrimov finalga chiqdi! FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
2 okt 2014, 13:31
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'zining qizg'in pallasiga kirib borayotgan 17-Osiyo o'yinlarida bugun erkaklar o'rtasidagi boks bahslarining yarim final janglari bo'lib o'tmoqda.
69 kilogrammgacha vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov finalga chiqdi! U yarim finalda tailandlik Apichet Saensitni 3:0 hisobida mag'lub etib hal qiluvchi bahsga yo'llanma oldi.

3 oktyabr kuni Madrimov oltin medal uchun qozog'istonlik Daniyar Yeleussinovga qarshi jang qiladi.

foto: Nodirxo'ja Yuldashev

























Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia