Incheon-2014. Baydarka. Irnazarov kumushni oldi!

Narzulla Saydullayev
29 sen 2014, 11:28
Baydarkaning 200 metr masofaga o'tkazilgan yakkalik bahslarida terma jamoamiz a'zosi Ernest Irnazarov Osiyo o'yinlari kumush medalini qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz 36.531 soniya vaqt bilan marra chizig'ini ikkinchi bo'lib bosib o'tdi. Birinchi o'rinni koreyalik Cho Gvangxi egallagan bo'lsa, yaponiyalik Seiji Komatsu bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Endi O'zbekiston hisobida 3ta oltin, 5ta kumush va 11ta bronza medali bor. Jamoamiz hamon umumiy reytingda 14-o'rinda bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com