Immobile rasman "Borussiya D" futbolchisiga aylandi

2 iyun 2014, 23:51
"Torino" hujumchisi Chiro Immobile yangi mavsumni Germaniyada o'tkazadigan bo'ldi.

Dortmundning "Borussiya" jamoasi va Chiro Immobile o'z maqsadlariga erishishdi. Chiro Immobile dortmundliklar bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi va Robert Levandovski harakat qilgan to'qqizinchi (9) raqamni oldi. Endilikda "Borussiya D" tarkibida harakat qiladigan ushbu hujumchi o'tgan mavsumda "Torino" safida 33 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 22 marotaba ishg'ol etgandi.


Manba: championat.asia