Immobile faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

22 mar 2020, 02:01
"Everton" rahbariyati jamoani navbatdagi transfer oynasida "Lacio" hujumchisi Chiro Immobile bilan kuchaytirmoqchi.

30 yoshli italiyalik futbolchining transferini jamoa ustozi Karlo Anchelottining shaxsan o'zi talab qilmoqda. Xabaringiz bor, Immobile Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 26 o'yinda maydonga tushib, 27 gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning ehtimoliy transferi 50 mln. evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: 90min