Ilhom Mo'minjonov: "Endi bor e'tiborni "Norin" bilan bahsga qaratamiz"

Narzulla Saydullayev
22 noya 2016, 16:43
"Andijon" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirdi.

"Juda og'ir o'yin bo'lishini kutgandik. Yigitlarga rahmat aytaman. Himoyada bitta xato evaziga gol o'tkazdik. Ammo bu natija bizni qoniqtirdi. Himoyaviy taktikada harakat qildik va maqsadimizga erishdik.

"Obod" bizning o'yindan 5 daqiqa oldin durang o'ynagani ma'lum bo'ldi. Biz bitta gol o'tkazsak 16-o'ringa tushib qolardik. Oliy ligada qolganimizdan xursandman.

Namanganga kelganimda jamoani oliy ligada olib qolishga ishongandim. Endi bor e'tiborimiz "Norin" bilan pley-off o'yiniga qaratiladi", - deydi Ilhom Mo'minjonov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia