

Zero bugun, 9 yanvar sanasida “Lokomotiv” jamoasining ikki nafar a'zosi o'zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. Bular – jamoamiz shifokori Abror Pirriev hamda “temiryo'lchilar”ning tinib-tinchimas yarim himoyachilaridan biri – Ikrom Aliboevlardir.
Shu munosabat bilan, o'yinchilarning sihat-salomatligi uchun doim qayg'uradigan Abror Pirrievni hamda maydonga tushgach jamoa muvaffaqiyati uchun borini berishga intiladigan Ikrom Aliboevni tug'ilgan kunlari bilan muborakbod etamiz va ularga uzoq umr, sihat-salomatlik hamda omad tilab qolamiz.



