Ikrom Aliboev: "O'shanda "cirk" ko'rsatsam bo'lardi, bundan jamoam yutardi, biroq erkaklik g'ururiga qarshi borgan bo'lardim"

Sherzod Nurmatov
24 noya 2025, 15:18
"Neftchi" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev Superliga 28-turidan o'rin olgan "Buxoro" bilan o'yinda ro'y bergan Azizbek Amonov bilan to'qnashuvi va qizil kartochka olib maydonni tark etgani haqida fikr bildirdi.

"O'sha vaziyatda bemalol yotib olib, "cirk" ko'rsatsam bo'lardi, bundan jamoam yutardi, biroq erkaklik g'ururiga qarshi borgan bo'lardim. Bu mening xarakterim, shu xarakterim orqali futbol o'ynayman. Shunday xarakterim borki, qaerga borsam, Allohga shukr, hurmat topganman va har doim chempion bo'laman. Doim chempion jamoalar safida harakat qilganman. InshaAlloh, bundan keyin ham shunday bo'ladi", – dedi Aliboev.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/alibaev_9