Ikone tez orada "Fiorentina"ga o'tadi

Alisher
14 dek 2021, 12:57
"Fiorentina" tez orada "Lill" yarim himoyachisi Jonatan Ikoneni xarid qiladi.

Tomonlar bitimni rasmiylashtirishdi. Italyanlar xavbekning transferi uchun 14 million evro+1 million evro (bonuslar) to'lashadi.

Bitim 2026 yilga qadar imzolanadi va futbolchi yiliga 1,7 mln evro maosh oladi.

Ikone joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Uning "Lill" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljalangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira