Ikkinchi JCHda ham mezbon o'zgaryapti

Aslanov Jasurbek
3 apr 2023, 21:04
Bir necha kun oldin FIFA 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati Indoneziyadan olib qo'yilganligini e'lon qilgan edi.

Endi Peruda o'tishi kerak bo'lgan U17 jahon chempionatida ham mezbon o'zgaryapti. FIFAning xabar qilishicha, bunday qarorga mezbon mamlakat turnirni o'tkazish uchun zarur bo'lgan infratuzilmani yaratib berish bo'yicha o'z majburiyatlarini bajara olmagani sabab bo'lgan. Tomonlar o'rtasidagi munosabat iliq bo'lishiga qaramay, Peruda qurilish ishlarini yakunlash uchun mablag' yo'qligi ma'lum bo'ldi.

Oldinroq, Peruda moliyaviy inqiroz sodir bo'lgani va O'zbekiston ushbu turnirni qabul qilishga tayyorligi haqida ma'lumot bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia