Ikki klub hakamlarga taziyq o'tkazishda ayblanmoqda

Aslanov Jasurbek
24 dek 2017, 18:45
Portugaliyaning "Portu" va "Sporting" klublari hakamlarni qo'rqitish va ularga bosim o'tkazish tufayli jazolanishlari mumkin.

Portugaliya prokuraturasi ikki klub prezidenti - Brunu di Karvalyu ("Sporting") va Jorje Nunu Pintu da Koshtaga ("Portu") qarshi ish ochgan.

Ikki rahbar Portugaliya liga Kubogi bahslarida referilarga bosim o'tkazishda ayblanyapti. Bosh prokuratura ishni tekshiruv o'tkazayotgan vazirliklardan biriga bergan.

Klublar hakamlar va ularning oilasini qo'rqitish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: SOL