Ikardi: "Bu yerdan ketmayman, 2 yil hech nima qilmay, maoshimni olib yuraveraman"

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 15:36
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardi mashg'ulotdan chetlatgan klub rahbarlaridan jaxli chiqqan.

Shanba kuni futbolchi klubning Shveytsariyadagi yig'inini tark etib, Milanda mashg'ulotlarini davom ettirishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

Bunga javob tariqasida "Inter" hujumchisi ham bo'sh kelmoqchi emas.

"Bu yerdan ketmayman, 2 yil hech nima qilmay, maoshimni olib yuraveraman", - deb Ikardining gaplaridan iqtibos keltiradi "La Repubblica" nashri.

Oldinroq Ikardining "Yuventus"ga o'tishi borasida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Repubblica