"Iguainning ketishi "Milan"ni kuchaytirdi"

29 yanv 2019, 17:08
Italiya bosh vaziri o'rinbosari Matteo Salvini Iguain borasida juda keskin fikrlar bildirdi.

- "Umid qilamanki, Iguain Milanda boshqa ko'rinish bermaydi. Gonsalo o'zini juda xunuk tutdi. Menga yollanma ishchilar yoqmaydi. Iguainni jamoadan ketishi "Milan"ni kuchaytirdi", - deya vazir o'rinbosari Matteo Salvinining gaplarini keltirmoqda "Football Italia" nashri.

Eslatib o'tamiz, yozda "Yuventus"dan ijara asosida "Milan"ga o'tgan argentinalik hujumchi qishki transfer oynasida "Chelsi"ga ko'chib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia