Iguain: "Hasta onamga qarash uchun futbolni tashlamoqchi bo'lganman"

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2019, 12:49
"Chelsi" hujumchisi Gonsalo Iguain onasining og'ir hastaligi tufayli 2016 yilning yozida futbolda ketmoqchi bo'lgan ekan.

Iguain oilasi futbolchidan noxush yangiliklarni yashirgan, chunki Gonsalo o'sha payt Argentina terma jamoasi bilan Amerika Kubogida ishtirok etayotgan edi. Forvard Chilidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng haqiqatni bildi. Keyinroq Gonsaloning onasi to'liq tuzalib ketdi.

"Onamga qarash uchun futbolni tashlashga qaror qilgandim. Amerika Kubogi payti uyda bo'lganimda mendan nimanidir yashirishayotganini sezgandim, ammo haqiqatni bilganimda shokka tushdim.

O'zimni aybdor his qildim, chunki hech narsani bilmay finalda o'ynaganman. Menga onamdan boshqa hech narsa qiziq emas. Ularga futboldan ketishimni aytdim.

Onam esa maydonga chiqayotganimdan baxtli ekanliklarini, futbol o'ynashim kerakligini aytdilar.

Oilam va do'stlarim - mening borlig'im, futbol esa keyingi o'rinda. Odamlar buni tushunishi kerak. Muxlislar senda futboldan boshqa hech narsa yo'q deb o'ylashadi" - deydi Iguain.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror