Iguain golini kimga bag'ishlaganini aytdi

30 dek 2018, 09:44
SPALga (2:1) qarshi uchrashuvda g'alaba golini muallifiga aylangan “Milan” hujumchisi Gonsalo Iguain o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bu muhim gol bizga uch ochko keltirganidan xursandman. Endi bemalol oilaviy dam olishga chiqsak bo'ladi.

Shubhasiz, fanatlar mendan juda ko'p narsani kutishadi. Men “Milan”ga aynan shu maqsadda kelganman va umid qilamanki, hali ko'plab gollar uraman.

Gattuzo doim meni qo'llab-quvvatlab keladi. Menga nisabatan doim adolatli munosabatda bo'ladi. Bu golimni unga bag'ishlayman”, deydi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia