Iguain Germaniya bilan o'ynamaydi

Tolibjon Qosimov
3 sen 2014, 15:48
"Napoli" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Gonsalo Iguain Germaniya bilan bo'ladigan bugungi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yuboradi.
Futbolchi jarohat olgani haqida malumot berilgan. Shifokorlarning so'zlariga ko'ra, Iguain terma jamoa tasarrufiga jarohat bilan kelgan. Ammo futbolchi Argentina terma jamoasida qolib, o'yindan so'ng "Napoli"ga qaytadi. Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi bilan o'yindan Argentinadan "Zenit" himoyachisi Esekiel Garay va "Barselona" hujumchisi Lionel Messi ishtirok etmaydi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru