Igor Shkvirin: Tayyorgarlik endi boshlandi

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2014
“Bunyodkor” – “Olmaliq” uchrashuvidan so'ng har ikkala jamoa bosh murabbiylarining o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Igor SHKVIRIN (“Olmaliq” bosh murabbiyi):
- Jamoamiz yig'inida yangi futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Ularni mana shunday o'rtoqlik uchrashuvlarida sinab ko'ramiz va jamoani yangi mavsumga tayyorlaymiz. O'ylashimcha, hozirdan futbolchilarni harakatlariga baho berish qiyin. Chunki tayyorgarliklar endigina boshlandi. Lekin eng muhimi shuki, bu kabi o'rtoqlik uchrashuvlari biz uchun har tomonlama foydali bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com