Igor Shkvirin "Dnepr"ning 30 yillik yubileyida ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
10 okt 2013, 14:25
Ukrainaning "Dnepr" klubi bundan 30 yil muqaddam Sobiq Sovet chempionatida birinchi marta chempion bo'lgandi.
Shu munosabat bilan klub faxriy futbolchilarni yig'ib bu yubileyni nishonlashga qaror qildi.

12 oktyabr kuni "Dnepr-Arena" o'yingohida bo'lib o'tadigan bu shou uchrashuvida hamyurtimiz Igor Shkvirin ham ishtirok etadi. Shkvirin o'z vaqtida "Dnepr" sharafini himoya qilganidan xabaringiz bor.

Shou uchrashuvda Oleg Protasov, Gennadiy Litovchenko, Vladimir Lyutiy, Oleg Taran, Evgeniy Shaxov, Sergey Krakovskiy, Valeriy Gorodov, Aleksey Cherednik, Sergey Puchkov kabi sobiq "dneprchilar" qatnashishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia