O'yindan keyin “Olmaliq” bosh murabbiy Igor Shkvirin saytimizga intervyu berar ekan, serbiyalik legioner Aleksandr Alimpievichning klubdan ketganiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
- Igor Anatolevich, mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
- Hammasi reja asosida. Dastlab tog'da mashg'ulot olib bordik. Keyin poytaxtga tushib o'rtoqlik uchrashuvlarini boshlab yubordik. Hozircha ikkita nazorat bahsi o'tkazdik: “Mashal” va “Neftchi”ga qarshi.
- Birinchi davrada yaxshi o'yin ko'rsatgan Aleksandr Alimpievich nima uchun jamoadan ketdi?
- Uning o'zi ketishni xohladi. Unga bizdagi muhit va futbol yoqmadi deb o'ylayman. Xullas, Alimpievich “Olmaliq”qa moslasha olmadi va birinchi davaradan keyin jamoa bilan xayrlashdi.
- Agar o'zida xohish bo'lganida uni olib qolgan bo'larmidingiz?
- Albatta. Bunday futbolchini har qanday murabbiy o'z jamoasida ko'rishni xohlaydi.
- Sherzod Hakimov birinchi davrada to'rtta gol urgan bo'lishiga qaramay, u ham klubni tark etdi.
- Sherzodni o'zimiz qo'yib yubordik. U birinchi davrada to'rtta gol urgani bilan bizni unchalik qoniqtirmadi.
- Shavkat Mullajonovning “Lokomotiv”ga o'tib ketishi nima bilan bog'liq?
- Shavkat yil boshida yarim yillik shartnoma tuzgandi. O'sha muddat tugadi va u ham boshqa klubga ketdi.
- Jamoaga qo'shilganlar haqida nima deya olasiz?
- Evgeniy Gogol qaytib keldi, shuningdek latviyalik himoyachi Vitalis Smirnovs ko'rikdan o'tmoqda. Jahongir Jiyamurodov bilan Islombek Isoqjonov ham “Olmaliq”da qoladigan bo'lishdi.
X.Xoliqov suhbatlashdi.