

Uchrashuvida vakillarimiz 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu bahsdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Igor Sergeev o'z fikrlarini bildirdi.
“Suriya termasiga qarshi juda ham og'ir o'yin bo'ldi. Raqibimiz bizga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatdi. Suriya termasiga qarshi bor kuchimiz bilan o'yin ko'rsatdik va yakunda kichik hisobda, lekin juda ham kerakli bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik. Men hujumda emas, balki yarim himoyada o'ynadim. Shuning uchun ham Suriya terma jamoasi darvozasini ishg'ol qila olmadim. Suriya termasi futbolchilari jismonan baquvvat ekan. Biz uchun munosib raqib bo'ldi. Har bir o'yinga 100 foiz tayyor bo'lamiz”, - deydi O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Igor Sergeev.
Jahongir Sotvoldiev



