IFFHS yilning eng yaxshi murabbiylarini aniqladi

Mirjalol Normatov
6 dek 2021, 22:51
Butunjahon futbol tarixi va statistikasi tashkiloti 2021 yilning eng yaxshi murabbiylarini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, birinchi o'rinni "Chelsi" bilan YCHL va UEFA Superkubogida g'olib chiqqan Tomas Tuxel egalladi. U 230 ochko to'pladi.

Ikkinchi o'rinni "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola (55) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikni "Bavariya"da ishlagan Xans-Diter Flik (25) yopib berdi.

Shuningdek, top-beshlikka "Vilyarreal"dan Unai Emeri (15) va "Atletiko"ni boshqarayotgan Diego Simeone (10) ham kirgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: IFFHS