IFFHS tasnifiga ko'ra yilning eng yaxshi hakami aniqlandi

26 noya 2019, 00:54
Xalqaro futbol statistikasi va tarixi federatsiyasi (IFFHS) "2019 yilning eng yaxshi hakami" nominaciyasi g'oliblarini e'lon qildi.

Erkak hakamlar orasida 43 yoshli sloveniyalik Damir Skomina g'olib bo'ldi. Joriy yil Skomina "Liverpul" va "Tottenxem"(2:0) klublari o'rtasidagi YCHL finalida ishlagandi. Sloveniyalik referi 1987 yilda tasis qilingan mukofotni qo'lga kiritgan 19-insonga aylandi.

Skomina so'rovnomada 136 ovoz bilan birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, keyingi o'rinlarni Feliks Brix (129), Born Kuypers (61) va Janluka Rokki (58) egallashdi. Beshinchi o'rin esa turkiyalik Juneyt Chakirga (47) nasib qildi. 

Stefani Frappar eng yaxshi ayol referiga aylandi. Eslatib o'tamiz, fransiyalik hakam "Liverpul" va "Chelsi" jamoalari o'rtasidagi Yevropa Superkubogi o'yinini boshqargandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports