Ibrohimovich o'zini futbol xudosi, Messini daho deb atadi

27 noya 2014, 20:37
“PSJ” hujumchisi Zlatan Ibrohimovich o'zi birga o'ynagan futbolchilardan orzular jamoasini tuzdi.
Bu haqda goal.com xabar bermoqda. Ibra jamoasi uchun 4-4-2 taktikasini tanlagan. Bundan tashqari har bir futbolchini alohida nom bilan sifatlagan.  Darvozabon: Janluidji Buffon. Ibrohimovich Jijini “devor” deb atagan. Himoyachilar: Lillian Tyuram (hayfon), Tiago Silva (tuzuvchi), Fabio Kannavaro (pitbul), Maksvel (elegant);
Yarim himoyachilar: Andres Inesta (mo'jiza yaratuvchi), Patrik Vera (yetakchi), Xavi (mukammal), Pavel Nedved (mashina); Hujumchilar: Lionel Messi (daho), Zlatan Ibrohimovich (futbol xudosi).

Manba: kun.uz