Ibragimovich Ronaldu va Falkaoni ortda qoldirdi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2014, 09:42
World Soccer jurnali dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchilar ro'yxatini taqdim etdi.
Yiliga 14,67 million evro maosh olayotgan PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich ro'yxatning eng birinchi pog'onasidan o'rin olgan, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo nashri.

Shvetsiyalik hujumchi Real to'purari Krishtianu Ronaldu (14,4 million) va Monako vakili Radamel Falkaoni (14,15 million) ortda qoldirdi.

1. Zlatan Ibragimovich (PSJ) – 14,67 mln
2. Krishtianu Ronaldu (Real) – 14,4 mln
3. Radamel Falkao (Monako) – 14,15 mln
4. Tiago Silva (PSJ) – 12,15 mln
5. Lionel Messi (Barselona) – 10,7 mln
6. Garet Beyl (Real) – 9,46 mln
7-8.Xavi (Barselona) – 8,07 mln
7-8. Andres Inesta (Barselona) – 8,07 mln
9. Neymar (Barselona) – 7,06

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru